Kelajak muhandislari xalqaro festivalining ochilish marosimi
Kelajak muhandislari xalqaro festivalining ochilish marosimi 28-aprel kuni soat 10:00 da Alpomish muz saroyida bo‘lib o‘tadi.
Bu yerda siz nafaqat festival muhitini, balki haqiqiy muhandislik olamini his qilasiz. Innovatsion maydonda dronlar futbol o‘ynaydi, robotlar o‘zaro bellashadi, zamonaviy texnologiyalar esa kelajak qanday yaratilayotganini namoyish etadi.
Bu — g‘oyalar reallikka aylanadigan, ilm-fan va muhandislik jonlanadigan, ilhom va kashfiyotlarga boy noyob arena.