Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

E'lonlar

😅 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining akseleratsiya bosqichi natijalari e’lon qilindi

😅 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining akseleratsiya bosqichi natijalari e’lon qilindi

Akseleratsiya bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirok etgan talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar kategoriyalaridagi loyihalar ishchi guruh tomonidan baholandi.

Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar hamjamiyati oldida taqdimot shaklida himoya qildilar. Baholash jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, amaliy va iqtisodiy samaradorligi, taqdimot sifati hamda loyihani himoya qilish ko‘nikmalari asosiy mezonlar sifatida belgilandi.

Akseleratsiya bosqichi natijalariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarining har bir kategoriyasidan (talaba, amaliyotchi-muhandis, professor-o‘qituvchi) 10 nafardan, jami 90 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.

Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini kengaytirilgan ekspertiza va baholash jarayonida taqdim etib, g‘oliblik uchun kuch sinashadilar.

Yakuniy bosqichga o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
“Eng yaxshi g‘oya” — havola
“Eng yaxshi loyiha” — havola
“Eng yaxshi ixtiro” — havola

Kategoriya: E'lonlar