Buxoroda “Kelajak muhandislari” festivali keng qamrovda o‘tdi
Buxoro davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan “Kelajak muhandislari festivali” talaba-yoshlar uchun haqiqiy innovatsion maydonga aylandi.
Festival davomida ishtirokchilar robototexnika, aviatsiya, agrotexnologiya, yashil energetika, sun’iy intellekt, dronlar, 3D modellashtirish kabi 28 ta zamonaviy yo‘nalishlarda o‘z bilim va mahoratini namoyon etdilar. Tadbir nafaqat talabalar, balki maktab o‘quvchilari, texnikum-kollej yoshlari hamda inklyuziv qatlam vakillarini ham birlashtirdi.
Shuningdek, festival doirasida “Karyera kuni” va “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari ham tashkil etilib, yoshlar uchun kasb tanlash va kelajak rejalari bo‘yicha muhim imkoniyatlar yaratildi.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari auksioni o‘tkazilib, katta qiziqish uyg‘otdi.
Batafsil: https://bstu.uz/article/muhandislik-oyligi