Tashkiliy Tuzilma Chizmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 28 ta (195-son buyruq, 2026-yil 12-may)
Bo'limlar va Ularning Vazifalari
Ofisning 7 ta tarkibiy bo'limi "jalb etish — saralash — takomillashtirish — moliyalashtirish — joriy etish" tamoyili asosida ishlaydi
Mahalliy, respublika va xalqaro tanlovlar, musobaqalar, ko'rgazmalar orqali yosh innovatorlarni aniqlash; yuborilgan g'oyalar va loyihalarni qabul qilish, dastlabki ekspertizadan o'tkazish va eng istiqbolli loyihalarni keyingi bosqichlarga yo'llash.
Dizayn, elektronika, konstruktorlik, marketing, dasturlash va texnologiya yo'nalishlarida mentorlik hamda akseleratsiya dasturlari orqali har yili 3 000 dan ortiq yoshlarning startap loyihalarini takomillashtirish va bozorga chiqishga tayyorlash.
Moliyalashtirilgan innovatsion loyihalarni sanoat va iqtisodiyotga tatbiq etish, xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda namoyish qilish, tijoratlashtirish jarayonlarini kuzatish va natijalarni monitoring qilish.
Grant ajratish tanlovlarini tashkil etish, "Bo'lajak olim" dasturi doirasida startap g'oyalarini moliyalashtirish, prototip ishlab chiqishga infratuzilma va moliyaviy resurs bilan ta'minlash hamda investorlar bilan bog'lash.
Xorijiy universitetlar, texnoparklar, ilmiy markazlar bilan shartnomalar tuzish; har yili 50 nafardan ziyod iqtidorli yoshlarni rivojlangan mamlakatlarning nufuzli muassasalarida stajirovkaga yuborish va xalqaro grant dasturlarida ishtirokni ta'minlash.
Ofisning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, ma'lumotlar bazasini yuritish, innovatsion loyihalar bo'yicha tahlitik hisobotlar tayyorlash va axborot tizimlarini boshqarish.
Ofisning moliyaviy rejalashtirish, byudjet ijrosi, grant mablag'larini boshqarish, buxgalteriya hisobi yuritish va moliyaviy hisobot tayyorlash ishlari davlat moliya standartlari asosida amalga oshiriladi.
Ofis faoliyatining qonunchilikka muvofiqligi, normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlash, shartnomalar ekspertizasi va boshqaruv qarorlarining yuridik ta'minoti — barcha huquqiy masalalar bo'yicha ofis rahbariyatiga bevosita bo'ysunadi.
Direktga Bevosita Bo'ysunadigan Mutaxassislar
4 ta bosh mutaxassis ofis faoliyatining strategik, tashkiliy va ijroiy yo'nalishlarini ta'minlaydi
Tashkiliy boshqaruv va devonxona ishlari bo'yicha bosh mutaxassis
Hujjat aylanishini tartibga solish, buyruq va farmoyishlarni ijro nazorati, ishchi yo'riqnomalar va devonxona ishlarini to'liq ta'minlash.
Korporativ koordinatsiya va ijro intizomi bo'yicha bosh mutaxassis
Bo'limlar o'rtasidagi ichki muvofiqlashtirishni tashkil etish, ijrochilik intizomini nazorat qilish va topshiriqlar bajarilishini monitoring qilish.
Strategik rivojlantirish va axborot-tahlil bo'yicha bosh mutaxassis
Ofisning strategik reja va dasturlarini ishlab chiqish, faoliyat ko'rsatkichlarini tahlil qilish, hisobot va tahliliy materiallar tayyorlash.
Tashkiliy ishlar va tadbirlarni tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassis
Tanlovlar, musobaqalar, ko'rgazmalar, konferensiyalar, seminarlar va akseleratsiya dasturlarini logistika va tashkiliy jihatdan ta'minlash.
Tashkilot Rahbariyati
Ofis faoliyatini boshqaruvchi rahbariyat tarkibi
"INNO Texnopark" MChJ
Ustav kapitalidagi davlat ulushi ishtirokchi vakolatlarini amalga oshirish uchun ishonchnoma asosida Yoshlarning Innovatsion Tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisiga boshqaruvga berilgan texnologik infratuzilma tashkiloti. Ofis doirasidagi akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini amaliy jihatdan ta'minlaydi.